"Kamalak" bolalar tashkilotiga a'zolikka shoshiling!

Maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan, bilimli,  zukko, tashabbuskor bolajonlar diqqatiga!!!
7 yoshga to'lgan, o'z taqdirini vatan taqdiri bilan bog'lashga tayyor, ertangi kuniga befarq bo'lmagan, ijtimoiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lishga intilayotgan bolajonlar!

Shoshiling! 

Joriy yilning 5-10 sentabr kunlari respublikamizning barcha tuman (shahar)larida "Kamalak" bolalar tashkilotiga a'zolikka qabul qilish marosimlari bo'lib o'tadi. Tantanali a'zolikka qabul qilish marosimida ishtirok eting. A'zolik va'da matnini qabul qiling va biz bilan bir safda bo'ling. Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun ta'lim muassasalaridagi Yoshlar yetakchilariga murojaat qiling.